Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida"gi qaroriga binoan tabiiy gaz narxlari ikki marta oshiriladi.
Tabiiy gazning yangi tariflari va suyultirilgan gaz uchun yangi narxlar belgilandi:
- aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud bo‘lganda 16 noyabrdan 320 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan esa 350 so‘mga;
- aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud bo‘lmaganda:
- ovqat tayyorlash va issiq suv uchun 16 noyabrdan 553 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan esa 605 so‘mga;
- isitish uchun 16 noyabrdan 320 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan esa 350 so‘mga;
- avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari (shu jumladan balansida avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari bo‘lgan yuridik shaxslar) uchun 16 noyabrdan 800 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan 800 so‘mga;
- Aholiga maishiy turmushda iste’mol qilishi uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz 16 noyabrdan 950 so‘mga, 2019 yil 1 iyuldan 1200 so‘mga oshiriladi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab aholi uchun gazdan foydalanishning bazaviy me’yorlari o‘rnatildi. Unga ko’ra:
- isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylarda va kvartiralarda yashovchi bitta abonent uchun oyiga 1 000 kub m;
- boshqa hollarda — bitta abonent uchun 250 kub m.
Bazaviy normadan oshgan hajm uchun 1,2 oshiruvchi koeffitsiyentini qo‘llagan holda haq to‘lash kerak bo‘ladi.