“GM Uzbekistan” zavodlarida kuniga mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqariladi, deya ta’kidladi “O'zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o’rinbosari Umidjon Salimov “Avtomobillarni onlayn tarzda sotuvga chiqarish to’g’risida” gi brifingda.

Shuningdek, u ilgari “O'zavtosanoat” tizimida bunday bo’lmaganini ta’kidladi.

“Ilgari kuniga 700−750 avtomobil ishlab chiqarilishi mumkin edi. Endi ular soni 1100 ga yetdi. Ishlab chiqarish hajmida qanchalik tez o’sish bo’lsa, xaridorlar uchun kutish muddati shu darajada pasayadi”, — deydi Umidjon Salimov.

Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, o’tgan yili yengil avtomobillar hajmi 135 ming donani tashkil etdi. 2016 yil bilan taqqoslaganda o’sish 58% dan oshdi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari mobaynida 124 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish bo’yicha O’zbekistondagi birinchi internet va mobil platforma ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.