OLX.uz onlayn-servisi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikni boshlaydi. O‘zbekistonning davlat muassasalaridagi bo‘sh o‘rinlari endi “Ish” bo‘limida chop etiladi. Bu haqda kompaniyada Spot’ga ma’lum qilindi.
“Ayni paytda Vazirlik platformasida mamlakat bo‘ylab 25 000 dan ortiq bo‘sh o‘rinlar e’lon qilingan. OLX.uz O‘zbekistonda eng ko‘p tashrif buyuriladigan servislardan biri bo‘lganligi tufayli, mutaxassislarni samarali izlab topish va respublika aholi bandligini oshirish maqsadida hamkorlik haqida qaror qabul qilindi”, — deb izoh berdi Erkin Muxitdinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari.
Bugungi kunda OLX.uz sahifasida 11 000ga yaqin ish taklif qilish borasidagi e’lonlar joylashtirildi. Faqat aprel oyida 4000 dan ortiq bo‘sh o‘rinlar servis yordamida yopildi. Har oy “Ish” bo‘limiga 300 mingdan ortiq o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tashrif buyurishadi.