Oxirgi paytlarda mamlakatimizda noqonuniy tashqi reklamalar soni sezilarli darajada oshdi, dedi “Spot"ga bergan intervyusida Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Azimov.
Uning fikriga ko‘ra, “Tashqi reklama faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘ridasida"gi qaror loyihasi muhokamasi boshlanishi bilan noqonuniy reklama tuzilmalarini o‘rnatish boshlandi.
Hujjatda E-ijro Auksion elektron auksioni orqali tashqi reklama obyektlariga reklamadan holi hududlarni qo’shib, yer uchastkalarini ajratishni tashkil qilish taklif etilgan.
“Bu ko‘plab mishmishlar va noqonuniy reklamalar soni oshishiga olib keldi. Pasport egalari qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yib, reklama taxtalarini shoshilinch tartibda kengaytira boshladilar. Tashqi reklamani joylashtirish tartibiga ko‘ra, uch oy davomida ishlatilmagan pasportlar bekor qilinadi. Shunga qaramay, bunday hujjatlar bilan reklama tuzilmalari o‘rnatilishi davom etdi, — deb ta’kidladi Dilshod Azimov.
Bundan tashqari, boshqa normalar ham buzilayapti. Masalan, amaldagi tartibga muvofiq Toshkentda katta formatli shchitlar bilan oraliq masofa kamida 150 metr bo‘lishi kerak. Bu qoidaga esa rioya qilinmayapti.
Qo‘mita hukumat qarori loyihasini tayyorladi va qabul qilinishi bilan barcha noqonuniy tashqi reklamalarning demontajini boshlaydi. Xususan, chorrahalarda faqat to‘rttadan bilbord qoladi. Hozirda ba’zi chorrahalarda 8−10 ta taxtalarini uchratish mumkin.