Jahon bozorida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendining qandolat mahsulotlari o’rnini mustahkamlash va xorijiy iste’molchilar qalbida munosib o’rin egallash hamda investorlar tavsiyalariga muvofiq “Amilov” brendi “Crafers” deb o’zgartirildi, deb xabar berdi kompaniya rasmiy saytida.
“Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bundan buyon „Crafers“ savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifat jihatidan oldingi mahsulot guruhidan farq qilmaydi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, “Crafers” nomi mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan “Craffers” MCHJ shaklidagi qo’shma korxonaning yuridik nomiga ham to’g’ri keladi.
Qandolat fabrikasi oktyabr oyida o’z faoliyatini boshladi. Fabrikada turli xildagi pechenye, vafli, marmelad, marshmellou, karamel, shokoladli plitkalar va boshqa turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi.