2018 yilning 12 noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning samaradorligini baholash: qonunchilik, investitsiyalar, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Spot muxbiri xabar berdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Shvetsariyaning “PeaceNexus” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalari (EIZ)ning samarali faoliyat yuritishini tashkil etish va qulay shart-sharoitlarni yaratish” loyihasini amalga oshirgan edi. Loyihani amalga oshirishga xorijiy va milliy ekspertlar jalb qilingan.
Loyiha doirasida ekspertlar bilan 2018 yilning sentyabr va oktyabr oylari davomida EIZlarning faoliyati va mavjud muammolari, shuningdek, mintaqa va butun mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar yechimiga EIZ ta’siri masalalari o‘rganildi.
Muammo va kamchiliklar
Investorlar keltirgan muammolar quyidagilar:
- ishga kirish vizalarini olish (O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar ishga joylashishi uchun ruxsat beradigan) noqulay deb hisoblanadi;
- investorlar uzoq cho‘ziladigan byurokratik jarayonlar va davlat idoralari tomonidan ularning murojaatlari nihoyatda uzoq muddatda ko‘rib chiqilishidan shikoyat qilishadi. Davlat ekologiya qo‘mitasining xulosasini olish, qurilishga ruxsat berish va muhandislik-kommunikatsion tarmoqqa ulanish to‘g‘risidagi qaror bir necha oyga cho‘zilib ketadi. Xuddi shu xizmatlar murojaatni bir e’tiroz asosida rad etishi va bir necha bor qayta ko‘rib chiqish uchun yuborishlari mumkin;
- EIZ ishtirokchilari kerakli miqdorda xomashyo resurslari sotib olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, ular Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali realizatsiya qilinadi;
EIZ ni boshqarish davlat markaziy organlari:
- EIZni o‘rta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining va EIZ tashkil etish va ishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha direksiya va maharliy hokimiyat organlarining faoliyatini baholash va rag‘batlantirish tizimi yo‘qligi;
- Iqtisodiyot va Davlat investitsiya qo‘mitasi vazifalari bir-birini takrorlashi, EIZni boshqarish va muvofiqlashtirish vakolatlarini haddan tashqari markazlashtirish. Bundan tashqari, EIZ direksiyasi tomonidan qabul qilingan yagona hisobot shakllari mavjud emas;
- 5 million $ dan ortiq investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish vazirliklar va idoralar, shuningdek, Respublika kengashi darajasida cho‘ziladi;
Mahalliy aholi EIZ faoliyati natijasida turmush sharoitida (daromadlar, atrof-muhitni yaxshilash, ish iqlimini yaxshilash) muhim yaxshilanishlarni ko‘rmayapti.
Shuningdek, investorlar, davlat kompaniyalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari (O‘zbekiston havo yo‘llari va O‘zbekiston temir yo‘llari)ni odatda juda yuqori deb hisoblashadi. Masalan, bitta 40 futlik konteynerni Navoiy shahridagi “Tinchlik” stansiyasidan “Navoiy” EIZga qadar (25 km) transport vositasida tashish 500 $ga aylanadi.
EIZlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar
O‘zbekistonda EIZlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar:
- Mintaqalarning qiyosiy afzalliklarini hisobga olgan holda erishsa bo‘ladigan indikatorlar maqsadli parametrlarga asoslanib, EIZlarni rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiya va o‘rta muddatli harakat rejasi ishlab chiqish;
- Vazirlar Mahkamasi huzurida, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat investitsiya qo‘mitasi tarkibiy tuzilmalari negizida EIZ va kichik sanoat zonalarini (KSZ) rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil qilish. Respublika kengashi vakolatlarini agentlik ma’muriy kengashlari va EIZ, KSZ direksiyalariga o‘tkazish;
- Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari ko‘rsatish agentligi orqali “yagona darcha” tamoyilini joriy etib, jarayonni yengillashtirish va barcha zarur ruxsatnomalarni olish vaqtini qisqartirish;
- Davlat xizmatlari agentligi orqali xorijiy fuqarolarga ishga joylashish uchun ruxsatnoma berish tartibini soddalashtirish va tezlashtirish, xorijiy investorlar uchun 5 yilgacha bo‘lgan muddatga alohida vizalarni joriy qilish (investitsion faoliyat vizalari);
- EIZ ishtirokchi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga EIZ hududlarida o‘z filiallarini ochish va ta’sis qilishga ruxsat berish;
- EIZ direksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agentlik qarorlariga shikoyat arizasini berish mexanizmini yaratish va biznes rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha talablarni soddalashtirish;
- EIZ direksiyasining faoliyatini baholash va monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish;
- Kooperatsiyalarni chuqurlashtirish va ishlab chiqarish klasterlarini yaratish maqsadida, EIZ ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda ular qaysi EIZda hisobdan o‘tganidan qat’i nazar, EIZ ishtirokchi korxonalarini QQS to‘lashdan ozod qilish taklif qilinadi;
- Mamlakatning barcha EIZlarida bir martalik to‘lovlar va doimiy badallar to‘lashda yagona tartib joriy qilish kerak;
- EIZlarning yagona vebsaytini o‘zbek, ingliz va rus tillarida individul EIZ sahifalari bilan yaxshilash. Mavjud imkoniyatlar haqida uchta tilda to‘liq ma’lumot olish, shuningdek, alohida savollar va murojaatlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini ta’minlash joiz.