O’zbekistonda o’tmishda investorlar daromadlarining repatriatsiyasi bilan bog’liq muammolar mavjud edi, ammo hozir ular to’liq hal qilindi. Bu haqda Qozog’iston moliyachilarining VIII kengashida Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov so’zga chiqdi, deya xabar beradi “Kursiv”.
O’zbekistonda investorlarning huquqlari masalasi bo’yicha Qozog’iston Milliy banki raisi Daniyar Akishev Mamarizo Nurmuratovga savol berdi:
“Agar Qozog’istonda ishlashni xohlaydigan O’zbekiston yoki Qirg’izistonning biron bir banki talablarga javob beradigan bo’lsa, qonunlar darajasida hech qanday cheklovlar yo’q. Biz moliyaviy bozorlarimizning ikki tomonlama harakatini qo’llab-quvvatlaymiz. Ammo shunga qaramay, aniqroq savollar berishni xohlardim. Hozir vaziyat qanday? Masalan, valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun bilan. U qachon qabul qilinadi? Valyutani repatriatsiya (qaytarib berish) qilish qanchalik qiyin?”.
Markaziy bank rahbari repatriatsiya bilan bog’liq muammolar bo’lganligini tan oldi:
“Endi men ishonch bilan aytishim mumkinki, investorlar daromadlarining repatriatsiyasi (qaytarilishi) bilan bog’liq masalalar butunlay yo’q qilindi. Valyuta bozorini amalga oshirishni boshlaganimizda, daromadlarni qaytarib berish masalasi bo’yicha katta miqdordagi talabga javob bermagan edik. Biz bu masalani yirik sarmoyadorlar bilan muhokama qildik”, — dedi Nurmuratov.
Uning so’zlariga ko’ra, valyuta bozoridan qariyb 800 mln $ repatriatsiya bilan bog’liq xorijiy mahsulotlarga bo’lgan talabni qondirishga qaratilgan.
“Yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonunga kelsak, hozirda xalqaro moliyaviy institutlarga, xususan, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki va boshqalarga kamchiliklarni qayd etishlari uchun yuborilgan qonun loyihasini to’liq tayyorladik”, — dedi Nurmatov.
U kelgusi yilning birinchi yarmida mamlakatda bank faoliyatiga doir uchta qonun qabul qilinishini ta’kidladi.
Ilgari Spot O‘zbekistonda bank sektorini isloh qilish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.