Rebrendingdan so’ng Toshkentda LADA kompaniyasining O’zbekistondagi o’n ikkinchi dileriga aylangan “LADA Sergeli” kompaniyasining avtosaloni ochildi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Avtosalonning ochilishida O’zbekistondagi LADA Granta oilasi va LADA Vesta cross sedani taqdim etildi.
“Shunday qilib, bugungi kunda mamlakatimizda to’liq LADA modellari taqdim etilmoqda”, deyiladi xabarda.
Kompaniya O’zbekiston LADA eksportining eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri ekanini ta’kidladi.
2018 yilning 10 oyi mobaynida 2 128 ta mashina o’z egalarini topdi, yetakchi o’rinni LADA Vesta oilasining avtomobillari egallab turibdi, bu esa sotuvlarning 30% dan ko’proq qismini tashkil etadi.