Italiyaning “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi delegatsiyasining Jizzax viloyatiga tashrifidan maqsadi Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘lgan M-39 trassa yonidan alohida pullik trassa barpo etish taklifi berishdan iborat bo‘ldi. Bu haqda Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi boshqaruv raisi Vedad Zaymovich so‘zga chiqib, Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘li yo‘nalishi bo‘lgan M-39 trassa yonidan alohida pullik trassa barpo etish bo‘yicha muloqot qilgani hamda viloyatni yo‘l infratuzilmasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishganini aytib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, Respublikadagi barcha yo‘llar tutashuvi aynan Jizzax viloyatida yagona yo‘lga kelib qo‘shiladi va Jizzax viloyati M-39 trassa qatnovidan bir sutkada qariyb 37000 dan ortiq avtomashinalar qatnovi bo‘ladi.