Pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tijorat banklariga likvidlik berish hamda ulardan likvidlikni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha pul-kredit instrumentlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq, Markaziy bank tomonidan quyidagi operatsiyalarni bosqichma — bosqich amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilmoqda:
- auksion savdolari orqali valyutani garovga olgan holda qisqa muddatli qayta moliyalash kreditlarini berish;
- auksion savdolari orqali tijorat banklarining pul mablag‘larini Markaziy bankning qisqa muddatli depozitlariga jalb qilish;
- auksion savdolari orqali Markaziy bankning obligatsiyalarini tijorat banklari o‘rtasida joylashtirish;
- o‘zgarmas foiz stavkalarida tijorat banklarining pul mablag‘larini Markaziy bankning qisqa muddatli depozitlariga jalb qilish.
Dastlabki bosqichda depozit va kredit auksionlari hamda doimiy tusdagi kredit berish operatsiyalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Keyingi bosqichda doimiy tusdagi 1 xaftalik o‘zgarmas foiz stavkasida depozitga jalb qilish operatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi.
Auksion savdolari orqali operatsiyalarni o‘tkazishda asosiy e’tibor, banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarini pul-kredit siyosatining maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishiga qaratiladi.
Markaziy bankning obligatsiyalari bank tizimida likvidlikning barqaror tarkibiy profitsiti vujudga kelgan holatlarda muomalaga chiqariladi.
Markaziy bank depozit va kredit auksionlarini o‘tkazish bo‘yicha oldindan e’lon berib boradi.
Operatsiya maqsadi | Instrument turi | Markaziy bank operatsiyalarining turi | Muddati | Foiz stavkasi |
Likvidlik berish operatsiyalari | Doimiy tusdagi operatsiyalar | Ta’minotsiz kreditlar | 90 kungacha | MB qayta moliyalash stavkasi + 3% band |
Svop operatsiyalari (forvard-kursni hisoblash uchun so‘mdagi foiz stavka) | 90 kungacha | MB qayta moliyalash stavkasi + chet el valyutasi foiz stavkasi + 2,5% band | ||
Garov asosida beriladigan qayta moliyalash kreditlari (o‘zgarmas foiz stavkasida) | 8 kundan 90 kungacha | MB qayta moliyalash stavkasi + 2,5% band | ||
7 kungacha | MB qayta moliyalash stavkasi + 2% band | |||
Ochiq bozor operatsiyalari (minimal foiz stavkalari) | Garov asosida beriladigan qayta moliyalash kreditlari bo‘yicha auksionlar | 1 oy | MB qayta moliyalash stavkasi + 1% band | |
2 hafta | MB qayta moliyalash stavkasi | |||
Likvidlik jalb qilish operatsiyalari | Ochiq bozor operatsiyalari (maksimal foiz stavkalari) | Depozit operatsiyalari bo‘yicha auksionlar | 2 hafta | MB qayta moliyalash stavkasi |
1 oy | MB qayta moliyalash stavkasi + 1% band | |||
Doimiy tusdagi operatsiyalar | Depozit operatsiyalari | 7 kungacha | MB qayta moliyalash stavkasi — 2% band | |
Ochiq bozor operatsiyalari (maksimal foiz stavkalari) | Markaziy bank obligatsiyalari bo‘yicha auksionlar | 1 yilgacha | MB qayta moliyalash stavkasi * |