Toshkent shahar hokimligida Xitoyning “Сhina Railway 14th Bureau Group Сo.LTd” kompaniyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Poytaxt hokimiyatining tashabbusi bilan pullik yo’llarni ikki yo’nalishda — “Toshkent — Chimkent (Qozog'iston) bilan chegara posti” va Toshkentdan Chimyonga (Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani) qurish mumkinligi haqida so’z bordi.

Qurilish sohasidagi mutaxassislar uchun (Xitoy o’qitish usullari bo’yicha) o’quv kurslarini ochish tashabbusi ham muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida shahar hokimi rahbariyati ushbu maqsadlar uchun to’rtta kasb-hunar kollejini tanlab olishni taklif qildi.

O’zbekistonda pullik yo’llarni qurishga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Hukumat 2018−2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish niyatida.

2019−2020 yillarda Toshkent-Samarqand magistrali bo’yicha loyiha amalga oshiriladi. O’zbekistondagi yangi avtomobil yo’li Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan masofani 2 soat ichida bosib o’tish imkonini beradi.

Ilgari Spot Jizzaxda Italiya kompaniyasi bilan hamkorlikda pullik avtotrassa qurilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.