KFC O’zbekistonda 25 tadan restoran ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda brendning Toshkentdagi ochilish marosimida xabar berildi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, O’zbekiston KFCni mintaqada kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi: 2020 yilga kelib Rossiyada va MDH mamlakatlarida 1000 ta restoran ochilishi rejalashtirilmoqda, hozirda brend sakkiz mamlakatda mavjud.

“So'nggi bir necha yil davomida O’zbekiston iqtisodiyotda va xorijiy investitsiyalarda barqaror o’sishni ko’rsatdi. Iqtisodchilar mamlakatni kelajakda barcha Markaziy Osiyodagi taraqqiyotning rivojlanish mexanizmi deb atashmoqda va biz tarmoqni kengaytirish bo’yicha katta rejalar ishlab chiqyapmiz. Samarqand, Buxoro, Farg’ona vodiysi va boshqa viloyatlarda ham restoranlarimizni ochish istagidamiz”, — deydi KFCning Rossiya va MDH bosh direktori Raisa Polyakova.

Ma’lumotlarga qaraganda, turli xil restoran formatlari, jumladan Drive (avtomobilchilarga xizmat ko’rsatish) va Fusion (o'z-o'ziga xizmat ko’rsatish shahobchalari mavjud restoran) xizmatlarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, kompaniya mahalliy yetkazib beruvchilar bilan ishlashni rivojlantirish va ular bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda, chunki mahsulotlarning aksariyati MDHning boshqa davlatlaridan import qilinmoqda.

O’zbekistondagi birinchi KFC restoranining ochilishi sentyabrda bo’lib o’tgan edi.

KFC (1991 yilgacha “Kentukki Fried Chicken” — “Kentukki shahridan qovurilgan jo’ja”) tovuq taomlari bo’yicha ixtisoslashgan xalqaro restoran zanjiri. KFC McDonald’sdan keying o’rinda turuvchi dunyodagi yirik kafe zanjiri hisoblanadi.