O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarildi va rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 21 so‘mga qimmatlab, 8 299 so‘mni tashkil qildi.

Yevro esa pasayib (39 so’m), 9 411 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 0,17 so’mga pasayib, 125 so‘mni tashkil qildi.

So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar.

Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.