30 noyabr kuni Toshkentda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining konferensiyasida Facebook va YouTube muammosiga yechim izlanayotganligi ma’lum qilindi, deya xabar beradi Spot muxbiri.
O’zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari Olimjon Umarov O’zbekistonda Facebook va YouTube’ga kirish muammosini hal qilish uchun ishlar olib borilayotyotganini ma’lum qildi.
“O'zim ham masalaning hal qilinishini kutmoqdaman, chunki VPN dan foydalanish ba’zida noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Bu yerda tashkiliy-texnik chora-tadbirlar haqida so’z borayotganini tushunish kerak”, — dedi Olimjon Umarov.
Vazir o’rinbosarining so’zlariga ko’ra, bu masalani hal qilish uchun milliy operator va boshqa idoralar bilan birga ishlar olib borilmoqda.
“O'zbektelekom” AK Sotuvlar va xizmatlarni rivojlantirish departamenti boshlig’i Alisher Zufarov “Internet domeni nomlari tizimi” (DNS) uchun himoya sifatida xizmat qiladigan kriptografik kalitlarni almashtirish muammolarining mavjudligi haqida gapirdi.
Yangi kalitlarga o’tish (Key Signing Key, KSK) 11-oktabr kuni bo’lib o’tdi. Domen nomlarini va IP-manzillarini boshqarish korporatsiyasi (ICANN) bu tufayli internet tarmog’iga ulanish muammosi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
“„O'zbektelekom“ ushbu muammolarni yechimi tufayli bu xizmatlarning provayderlariga (Facebook va YouTube — Spot izohi) hamkorlik yuzasidan murojaat qildi. Kompaniya ular bilan yaqin hamkorlik qilishni rejalshtirmoqda”, — deya ta’kidladi Alisher Zufarov.
Sentyabrda O’zbekistonda Facebook, oktyabrda YouTube va boshqa xizmatlardan foydalanish muammolari boshlandi.
Muammo sababi ma’lum qilinmayapti, lekin xizmatlar VPN orqali mavjud bo’lib, bu servisning mamlakatda mashhurligini keskin o’sishiga olib keldi.