“Yandex.Pogoda” O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar xaritasini ko‘rsatishni boshladi.
Xaritada qayerlarda tez orada yomg‘ir yoki qor yog‘ishi ko‘rinadi. Bunday ma’lumotlar asosida foydalanuvchilar, masalan, kuchli yomg‘ir shaharda ham yog‘ishini yoki uni chetlab o‘tishini ko‘rishlari mumkin.
Yog‘ingarchilik haqidagi ma’lumotlar o‘n daqiqalik interval bilan ikki soat keyinga mo‘ljallangan: yog‘ingarchilik o‘ng, yigirma, o‘ttiz daqiqa va h.k.dan keyin qayerga yetib borishini ko‘rish mumkin.
Xizmatining asosiy sahifasida xaritani ochmasdan ham tushunish mumkin bo‘lgan ob-havo ogohlantirishlari beriladi: “Yomg‘ir yarim soat ichida boshlanadi” yoki, masalan, “Yaqin ikki soat davomida qor aralash yomg‘ir tinmaydi”.
Yog‘ingarchiliklar xaritasi nafaqat yomg‘ir ostida qolmaslikka yordam beradi, balki uni kuzatishning o‘zi ham juda qiziqarli. Masalan, endilikda yomg‘ir qancha vaqt ichida Toshkentdan Namanganga yetib borishini hisoblash yoki yomg‘irli bulutlar qaysi tomonga ko‘proq harakatlanishini aniqlash mumkin.
Yog‘ingarchiliklar haqida xabar berishda “Yandex” bir necha daqiqalik intervalda oladigan sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanadi. Maxsus o‘rgatilgan neyronli tarmoq atmosfera fotosuratlarini qayta ishlaydi va yog‘ingarchilik sohasi harakatini bashorat qiladi.
O‘zbekiston aholisi iOS va Android tizimi uchun ishlab chiqilgan “Yandex” yoki “Yandex.Pogoda” ilovalarida, shuningdek, yandex.uz/pogoda manzilida yog‘ingarchiliklar xaritasini ko‘rishlari mumkin.
“Yandex.Pogoda” xizmati Meteum texnologiyasi asosida ishlaydi. U meteostansiyalar, sun’iy yo‘ldosh, Yandex.Xarita va boshqa manbalarga asoslangan holda ishlaydi.
Avval Meteum ma’lumotlarni bashorat qilishning klassik uslublaridan foydalangan qayta ishlaydi, so‘ngra esa natijani kompyuter texnologiyasi yordamida aniqlashtiradi. Bu mahalliy ob-havo ma’lumotini ko‘cha va hatto uygacha bo‘lgan aniqlikda olish imkonini beradi.