O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqida"gi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Nizomga ko‘ra nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Mas’ul xodim Yagona tizimda prokuratura.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda unga login va parol beriladi.
Tekshiruv o‘tkazishni kelishish uchun nazorat qiluvchi organ tomonidan Yagona tizimga ma’lumotlar kiritiladi. Kelishish uchun buyurtma uch ish kuni ichida, favqulodda holatlar bo‘yicha bir ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Tekshiruv o‘tkazishni kelishish haqida qaror qabul qilinganda “Ruxsat berilsin” maqomi, rad etilganda uning aniq sababi ko‘rsatilgan holda “Rad etilsin” maqomi tanlanadi.
Tadbirkor o‘z so‘roviga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida va Internet tarmog‘i orqali olishi mumkin.
3 dekabr 2018, 16:07 Tadbirkorlik
Texnologiyalar
Bosh prokuror buyrug’iga binoan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish elektron yuritiladi
Tadbirkor o‘z so‘roviga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida va Internet tarmog‘i orqali olishi mumkin.

Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 869
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 16:39 Iqtisodiyot
Ikki haftada Toshkentda chiqindi tashlagan huquqbuzarlarga 1,11 mlrd so‘m jarima solindi
Mart oyining o‘tgan davrida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bo‘yicha jami 2 638 ta holat aniqlandi.
Bugun, 16:18 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 15 so‘m 9 tiyinga oshib, 12 953,20 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:49 Biznes
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda skuter ishlab chiqarmoqchi
Loyiha doirasida eksportga yo‘naltirilgan ixcham elektr skuterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Bugun, 15:08 Iqtisodiyot
Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi
Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 11,375 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Bugun, 14:41 Iqtisodiyot
Toshkentda 200 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar tashkil etish rejalashtirilmoqda
Tariflar 4 ta zonaga bo‘linadi — soatiga 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha. Poytaxt hokimligi ko‘p qavatli va yo‘l bo‘yidagi avtoturargohlar uchun joylarni o‘rganmoqda.
Bugun, 12:48 Biznes
Biznesga elektr eneregiyasi va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
Yuridik shaxslar mobil ilovalarda to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Bugun, 11:05 Moliya
Oltin quymalari narxi yangi rekord darajaga yetdi
Qimmatbaho metallning jahon kotirovkalari birinchi marta troya unsiyasi uchun $3000ga yetdi.
Bugun, 10:11 Biznes
Fransiya va Yaponiya O‘zbekistonda uran qazib olishga $214 mln yo‘naltiradi
Joriy yil oxirigacha Jongeldi konida ishlarni boshlash rejalashtirilmoqda. Yillik uran qazib olish o‘rtacha 500 tonnani tashkil etishi kutilmoqda.