Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqardi. 28 noyabrdan boshlab sotuvga qo’yilgan 6900 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarning qariyb 3 mingtasi sotildi. Bu haqda Markaziy bank Spot’ga ma’lum qildi.
4 dekabr holatiga ko’ra O’zbekiston banklaridagi tangalar qoldig’i:
- Toshkentdagi banklarda (Ipoteka, Trast bank, O’zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Asia Alliance bank, Ipak yuli bank, Orient Finance bank, Infin bank, O’zmilliybank) — 577
- Buxorodagi banklarda (Hamkor bank, Asia Allience bank) — 403
- Samarqanddagi banklarda (O'zsanoatqurilishbank, Orient Finance bank) — 381
- Xorazmdagi banklarda (O'zmilliybank Urganch, Xiva) — 499
- Namangandagi bankda (Hamkor bank) — 329
- Farg’onadagi bankda (Trast bank) — 219
- Sirdaryodagi bankda (O'zsanoatqurilishbank) — 232
- Surxondaryodagi bankda (Kapital bank) — 205
- Qashqadaryodagi bankda (Ipoteka bank) — 185
- Navoiydagi bankda (Ipak yo’li bank) — 172
- Jizzaxdagi bankda (Aloqa bank) — 250
- Andijondagi bankda (Hamkor bank) — 205
- Qoraqalpog’istondagi bankda (Qishloq qurilish bank) — 265
Sotuvga 1994−2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan1 iborat.
Jadvalda tangalar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.