2018 yil yanvar-dekabr oylarida Qozog’iston 16,1 ming tonna mol go’shti, 2,9 ming tonna qo’y, 1.1 ming tonna cho’chqa va 7,6 ming tonna parranda go’shti eksport qildi, deb xabar beradi “Interfaks-Kazaxstan”.
"Mol go’shtining 60%ga yaqini Rossiyaga, qolgan 40%i tirik mol shaklida O’zbekistonga eksport qilindi. Qo’y go’shti asosan Uzoq Sharq mamlakatlari (Eron, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari), cho’chqa go’shti — Rossiya, parranda go’shti 50% Rossiya, qolganlari MDH (O'zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston)ga eksport qilinadi", — deya Qozog’iston qishloq xo’jaligi vazirligida qayd etildi.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan qoramol eksporti 4,4 ming tonna (2017 yil oxiriga kelib 5,5 ming tonna), qo’y go’shti — 0,6 ming tonna (2017 yil oxirida 0,9 ming tonna), cho’chqa go’shti — 0,7 ming tonna (2017 yil oxiriga kelib 0,7 ming tonna), shuningdek, parranda go’shti 5,2 ming tonnani (2017 yil natijalariga ko’ra 5,8 ming tonna) tashkil etdi.