Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoniga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, shakar ishlab chiqaruvchilarni import xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. Ilgari bu imtiyozning muddati 2019 yil 1 yanvargacha edi.
Shuningdek, 2020 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan oziq-ovqatlar ro‘yxatidagi shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saxaroza o‘rniga xushbo‘y hid va ta’m beruvchi yoki ranglantiruvchi qo‘shimchalarsiz shakar xom ashyosi kiritildi.
Ilgari Spot O’zbekistonda shakar tanqisligi yuzaga kelmasligini kartochkalarda tushuntirgan edi.