Prezident “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.
Qarorga ko‘ra:
- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi qurashish tizimiga “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etiladi;
- 2022 yil 31 dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
- IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibida asosiy faoliyat yo‘nalishi ko‘riqlov texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘lgan “Qo‘riqlash Servis” DUK tashkil etiladi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga foydalanish uchun beriladigan ko‘riqlov texnik vositalarini o‘rnatish va bepul texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish ichki ishlar organlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ilgari Spot “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasini joriy etish loyihasi muhokama qilinayotgani haqida xabar bergan edi.