Vazirlar mahkamasining “Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi.
Sanoat zonalari xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini ta’minlash, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o’rinlari tashkil etish maqsadida barpo etiladi.
Qaror bilan Farg‘ona shahrida, Furqat, Quva, O‘zbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qo‘shtepa tumanlarida kichik sanoat zonalari (QSZ) tashkil etilishi belgilandi.
QSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlarga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga ijaraga beriladi va ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.
Yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qaror Farg‘ona viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.