GM Uzbekistan AJ 20 dan 22 dekabrgacha respublikamizning barcha avtosalonlarida “Cobalt” LS M/T (1-pozitsiya) avtomobilini xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun maxsus aksiya e’lon qiladi.

Ta’kidlanishicha, aksiya davomida ushbu avtomobil uchun 100% to‘lov amalga oshirgan har bir xaridor 4 000 000 so‘m chegirmaga ega bo‘ladi.

Respublikamizdagi dilerlik korxonalari hamda shartnomalar tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan GM Uzbekistan rasmiy saytida tanishish mumkin.

Ilgari Spot GM Uzbekistan Uzavtosavdo onlayn xarid tizimidagi 3% avans to‘lovini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.