GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilishda adolat va shaffoflik yaratish maqsadida avtomobillarni bron qilish va 3% miqdorida majburiy oldindan to‘lovni amalga oshirish shartlari bekor qilinayotganini ma’lum qildi.
“Ta'kidlash joizki, hozirda avtomobillarni yetkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishildi. Ammo xaridorlarning fikrlari o‘rganilganda avtomobillarni bron qilinishi va 3% miqdorda avans to‘lovi amalga oshirilishi avtomobillarni o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘siq bo‘layotganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85% yoki 100% miqdoridagi to‘lovni amalga oshirganda, navbat esa to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi.
100% to‘lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilini oladi.
Ilgari Spot GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish bo’yicha O’zbekistondagi birinchi internet va mobil platforma ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.