“O‘zavtosanoat” Nurafshon shahrida yangi multibrend avtosaloni ochilishi munosabati bilan oilaviy aksiya taqdim etishini ma’lum qildi.

Aksiya shartlariga ko‘ra, yangi yildan boshlab, eng yangi KAMAZ 5490 “Neo” shatakchisini xarid qilinganda sovg‘aga “Cobalt” avtomobili taqdim etiladi. Aksiyaga ajratilgan shatakchilar soni 50 ta. Aksiya 2019 yil 1 yanvardan 21 martga qadar davom etadi.

KAMAZ 5490 “Neo” shatakchisi “Mersedes-Bens” agregatlaridan foydalangan holda “Mersedes-Bens” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan.

Ta’kidlanishicha, “O‘zavtotreyler” MCHJ kompaniyasining tirkama texnikasini xarid qilishni istovchilar uchun yana bir taklif bor, unga ko‘ra, xaridor mazkur kompaniya ishlab chiqargan yarimtirkamalarga COBALT avtomobili qiymatiga teng miqdordagi chegirmani tanlashi mumkin.

Ilgari Spot GM Uzbekistan Cobalt avtomobili xaridi uchun chegirmali aksiya e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.