“Davavianazorat” inspeksiyasi vakillari BAAning Dubay Amirligi aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Bu haqda “Davavianazorat” matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi va unga muvofiq quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • Dubay-Toshkent kelishilgan qatnovida doimiy tashuvchi sifatida ‘Flydubai' aviakompaniyasi tayinlandi;
  • “Flydubai” Dubay va Toshkent o’rtasida haftasiga 5 marta, yoz mavsumidan boshlab haftasiga 2 ta qo‘shimcha muntazam yo’lovchi qatnovlarini amalga oshiradi.