Toshkent markazida Stalinning balandligi tarzida 27 qavatli turar-joy binosi quriladi. Bu haqda “РБК” axborot agentligiga “Murad Buildings” kompaniyasi buyurtmasiga binoan bino loyihasini yaratgan Moskvaning “Tochka Dizayna” arxitektura byurosi xabar berdi.

Minora me’moriy ko’rinishi Stalin osmono’par binolaridan ilhomlangan, deya loyiha muallifi Vladislav Zaysev tushuntiradi. Binoning old tomoni sharqona naqshlar va tabiiy toshlar elementlari bilan bezatiladi. Ichki bezaklarda tabiiy tosh va massivdan foydalanishni rejalashtirmoqdalar.

“M-Tower” deb nomlangan 136 metrlik minora 2020-yilgacha Yakkasaroy tumanida quriladi. Binoning maydoni 22 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi.

Birinchi qavat xususiy va jamoat joylariga ajratiladi, ikkinchi va uchinchi qavatlar to’liq savdo maydoniga bag’ishlanadi: ofislar, do’konlar, fitness markazi va spa-salon.

To’rtinchi qavatdan 27-qavatgacha kvartiralar joylashadi. Kompleks tarkibida shuningdek, garaj binosi, uning tomida restoran, qish bog’i mavjud bo’ladi.

“Stalin osmono’parlari” — 1947−1957 yillar mobaynida Moskvada qurilgan yettita baland binolardir. Urushdan keyingi “Sovet ar-deko” shaxar me’morchiligining cho’qqisi hisoblanadi.