GM Uzbekistan “Farg‘ona Avtomarkaz” dilerlik markaziga yangi rahbar tayinladi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.
GM Uzbekistan tomonidan dilerlik korxonalarining 9 oylik yakunlarini o‘rganish davomida “Farg‘ona Avtomarkaz” MCHJda tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yangi tayinlangan direktor v.b. Erkin Ikramov zimmasiga yuklatildi.
“Monitoring o‘tkazishdan asosiy maqsad 2018 yil boshidan kompaniyaga jismoniy va yuridik shaxslardan dilerlik korxona faoliyatiga doir 100 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo‘pol muomala hamda korrupsion harakatlari bilan bog‘liq”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta’minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ish tashkil qilinmagan. Xodimlarning malakasizligi mijozlar bilan muloqotda belgilangan savdo tartibiga mos kelmagan.
Axborot stendlari va monitorlarda ma’lumotlarning yangilanmasligi va ishlamasligi xodimlar va “Koll-markaz” xizmati standartlarga javob bermasligi xaridorlarning zaruriy ma’lumotlar olishlariga to‘sqinlik qilgan.
Ilgari Spot GM Uzbekistan Uzavtosavdo onlayn xarid tizimidagi 3% avans to‘lovini bekor qilgani haqida xabar bergan edi.