Toshkent shahar hokimligida navbatdagi “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot’ga hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Yunusobod tumanidan umumiy qiymati 2 trln.so‘mga yaqin bo‘lgan shundan 100 mln. $dan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 37 ta loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayevning ta’kidlashicha, aholi bandligini ta’minlash va shahar infratuzilmasini rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida 2 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Loyihalar tuman hududida zamonaviy mehmonxonalar, ijtimoiy soha ob’ektlari, tibbiyot diagnostika markazlari, zamonaviy turar joy komplekslari barpo etish kabilarni tashkil etadi.