Respublikada eksport hajmini oshirishga xizmat qiladigan chegaraoldi savdo markazlari tashkil etiladi. Bu haqda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida keltirilgan.
Unga ko’ra:
- chegaraoldi hududlarda dilerlik markazlari, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish joylari hamda boshqa turdagi maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridan tashkil topgan savdo majmualarini barpo etish;
- vizasiz tartib joriy qilinmagan xorijiy davlat fuqarolariga yetti kun davomida savdo majmualari hududiga viza rasmiylashtirmasdan tashrif buyurishga ruxsat berish nazarda tutiladi.
Hujjat loyihasi 2019 yil 1 sentyabrga qadar Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi.