Moliya vazirligining narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish haqidagi taklifi muhokama uchun taqdim etildi.
Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatining 3 va 9 bandlari:
- aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan paxta moyi;
- shulxa va paxta chigiti shroti o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.