Moliya vazirligi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan, realizatsiyasi bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq ovqat mahsulotlari ro’yxatini e’lon qildi:
- go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (chorva mollari, parrandalar) va so‘yib olingan mahsulotlar;
- baliq;
- kartoshka;
- piyoz;
- tuxum;
- guruch;
- shakar;
- non mahsulotlari (ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda).
QQSdan ozod etish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda qo‘llaniladi.