Markaziy bank Boshqaruvi 2018 yil 29 dekabrda “Poytaxt bank"aksiyadorlik jamiyatiga (Toshkent shahri) bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Prezidentning “2017−2021 yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 13 martdagi qarorida “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan.
Bankning ustav kapitali 100 mlrd. so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, 100% Toshkent shahar hokimligi tomonidan shakllantirilgan.
Bank kyengashi raisligiga Toshkent shahar hokimi mahkamasining Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Lutfilla Nurullayevich, Bank boshqaruv raisi etib Aripov Qaxramon Tursunovich belgilandi.