2018 yilning 24 dekabrdan 2019 yil 6 yanvargacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1520 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 6,6 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 24% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48% ikkinchi va 28% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 26% ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 14% ulush bilan joylashdi.
Uchinchi o‘rin Buxoro viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 12% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi esa 48% ga teng.