Xiaomi Mi 9-ning yangi flagmani rasmiy ravishda e’lon qilinishidan kamida ikki oy oldin smartfonlar haqidagi barcha tafsilotlar, hatto narxi ham ma’lum bo’ldi. Bu haqda “Gadgets360” xabar berdi.
Kutilganidek, smartfon FHD + lik 6,4 dyuymli AMOLED displey, tomchisimon kesik, shuningdek X24 LTE modemli Snapdragon 855 protsessori bilan jihozlanadi.
Asosiy kamera uchtalik bo’ladi: birinchi sensor — 48 megapiksellik Sony IMX586, ikkinchisi — 12 megapiksel, uchinchisi esa uch o’lchamli tasvirlarni yaratish uchun 3D TOF (Time of Flight). Old kamera 24 megapikselli Sony IMX576 sensorini oladi.
Bundan tashqari, qurilma 6 Gb operativ va 128 Gbayt ichki xotira, tezda zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydigan 32-W zaryadka ega 3500 mAh batareya quvvati, ekran osti barmoq izlari skaneri va maxsus MIUI 10 qobig’idagi ОС Android 9 Pie’ga ega bo’ladi.
Smartfonning o’lchamlari 155×75×7.6 mm.
Asosiy konfiguratsiya qiymati 436 $ga teng bo’lishi kutilmoqda. Taqdimot fevral yoki mart oyining oxirlarida MWC 2019 ko’rgazmasida bo’lib o’tadi.