Buxorodagi “Zarafshon” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi shu yilning may oyida boʻlib oʻtishi belgilangan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Soʻnggi oʻn besh yil ichida mehmonxona binosidan hech kim foydalanmadi va qarovsiz holda qolib ketgandi. 2018-yilning may oyida “Beston Machinery” qoʻshma korxonasi ushbu mehmonxona binoni nol balansga oʻtkazildi.

Zarafshon mehmonxonasi 11 million dollarlik investitsiya evaziga ishga tushiriladi. Yangi mehmonxona 200 ta xonadan iborat bo’lib, u xonalarda 370 kishilik joy boʻlishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yangi mehmonxona ishga tushishi bilan 200 ta yangi ishchi oʻrni yaratiladi.