O’zbekistonda shaharlararo avtobus qatnovi yo’lga qo’yiladi. Bu haqda Prezident farmonida keltirilgan.
Farmon bilan 2019−2025 yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Unga ko’ra quyidagi yo’nalishlarda tasdiqlangan grafik bo’yicha muntazam ravishdagi shaharlararo avtobus qatnovi tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda yo’lga qo’yiladi:
- Toshkent-Samarqand-Xiva-Nukus;
- Toshkent-Guliston-Jizzax-Samarqand-Qarshi-Termiz;
- Qo’qon-Farg'ona-Andijon-Namangan.