Vazirlar Mahkamasining “Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (CHOYET) yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvargacha blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda chipta operatsiyalari yagona elektron tizimi yaratiladi.
Mazkur tizimda madaniyat va san’at sohasidagi, shu jumladan kinoteatrlar, teatrlar, tadbirlarning chiptalari elektron sotiladi.
CHOYETga ulangan respublika madaniyat va san’at muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalanish tartibi belgilandi.