Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan Toshkent shahridan o‘tadigan kanallar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Unga ko’ra, magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft me’morchiliklarini qo‘llagan holda tematik xiyobonlar shuningdek, amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy ko‘ngilochar maskanlar ochish belgilangan.
Xususan, yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralar barpo etiladi.
Shu bilan birga, kanallarga tutash hududlarda “Book cafe”, “Open air” kinoteatrlari, “Ekstremal sport turlari”, “Sun'iy plyaj” loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
“Bo‘zsuv” kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan “Gondola” qayiqlarida sayr qilish maskanlari ham tashkil etiladi.