Nukus aeroportidagi “Ochiq osmon” rejimi 2019 yil yoz faslida ishga tushiriladi. Bu haqda “Davavianazorat” matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko’ra ushbu rejimga muvofiq havo qatnovi to’g’risidagi hukumatlararo Bitimlar asosida tayinlangan xorijiy aviakompaniyalarga parvozlar sonini Nukus aeroportiga cheklovsiz amalga oshirish imkoni beriladi.
Nukus aeroportida “Ochiq osmon” rejimi IATA (Havo transporti halqaro assosiasiyasi) 2019 yil-Yoz mavsumidan boshlab IATAning 2021−2022-Qish mavsumigacha amal qiladi.
Ta’kidlanishicha, masala yuzasidan Parvozlar havfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining O’zbekiston bilan havo qatnovi sohasida xalqaro shartnomalar imzolagan xorijiy davlatlarning aviatsiya ma`muriyatlariga diplomatik kanallar orqali tegishli bildirishnomalari yuborildi.