Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining 2019/2020 o‘quv yilidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti ochiladi.
Fakultetda axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti, mobil tizimlarni dasturlash, sun’iy intellekt sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Fakultetda talabalar to‘lov-kontrakt asosida rus tilida o‘qitiladi.
Fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama tan olinadigan hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari beriladi.
Ilgari Spot Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo’shma fakultetini tashkil etish borasida bitim imzolangani haqida xabar bergan edi.