14 yanvardan 20 yanvarga qadar onlayn auksion orqali 665 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 2,1 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 19% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49% ikkinchi va 32% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 15% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 13% ulush bilan joylashdi.
Keyingi o‘rinlarda Buxoro va Samarqand viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ularning ulushlari mos tarzda 12% va 10% ni tashkil qildi.