Toshkentda “Yandex.Tirbandliklar” svetofori ishga tushirildi.
Saytning bosh sahifasida, “Navigator” va “Yandeks.Kartalar"da yo’llarning umumiy holatini aks ettiruvchi svetofor paydo bo’ldi. 0 dan 3 ballgacha — yo’llar ochiq (harakatlanish erkin), 4−6 — harakat qiyin, 7−10 — jiddiy tirbandliklarni anglatadi. Svetofordagi ma’lumotlarga qarab avtomobilda harakatlanish kerak yoki yo’qligini bilib olish mumkin.
Ko’chalarda tirbandliklar qay darajada ekanligini baholash uchun “Yandeks” turli manbalar ma’lumotlaridan foydalanadi. Ommalashtirilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlar “Yandeks.Kartalar”, “Yandeks.Navigator” va hamkor kompaniyalar avtomobillaridan olinadi.
Ma’lumotlar faqat avtomobilning joylashuvi, yo’nalishi va tezligini ko’rsatadi. Tizim avtomobilning tezligidan kelib chiqib tirbandlikda turgani yoki odatdagiday ketayotganini anglaydi.
Yo’l tirbandligining ballini ishga tushirilishi bilan “Yandeks” Toshkent ko’chalarida vaziyat qanday o’zgarganini aniqladi.
Ish kunlari shahardagi tirbandliklar 7: 30 dan keyin o’sib boradi va ertalab to’qqiz atrofida avjiga chiqadi. Kechki tirbandlik soat 17:30 dan keyin bo’ladi. Haydovchilar uchun eng og’ir vaqt 18: 20 dan 19: 10 gacha, tirbandlik 7 ballgacha yetadi.
Ilgari Spot “Yandeks” O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.