Habib Abdullayev “Navoiy” Erkin Iqtisodiy Zonasining yangi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Buyuk kelajak ekspert kengashida xabar berildi.
Habib Abdullaev (1967) — “Rikor” texnoparkining bosh direktori (Moskva), Moskvadagi o’zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi, “O'zbegim” gazetasining nashriyotchisi. RF Nashriyot vazirligi korxonalarida, AFK “Sistema” va boshqa tashkilotlarda 25 yillik rahbarlik tajribasiga ega. “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi.
RF Iqtisodiy rivojlanish Vazirligining OAJ “Особые экономические зоны” rezidentlari bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i bo‘lib ishlagan. RF Nashriyot Vazirligi korxonalarida, AFK “Sistema” va boshqa tashkilotlarda 25 yillik rahbarlik ish tajribasiga ega.
“Navoiy” EIZ jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2017 yilning mart oyida tashkil topgan.