2019 yilning 21 yanvardan 27 yanvargacha onlayn auksion orqali 815 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 4,4 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 21% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48% ikkinchi va 31% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 32% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 14% ulush bilan joylashdi.
Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ularning ulushlari o‘zaro teng, ya’ni 8% ni tashkil qildi.