Axmet Demir Toshkentdagi restoranga qancha mablag' sarf qilingani haqida “Xalq so’zi"ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Tadbirkorning so’zlariga ko’ra, hozirgacha 1,2 million $ sarflangan bo’lib, ish tugal yo‘lga qo‘yib olinishi uchun yana bir oz mablag‘ xarj qilinishi kutilmoqda.
Ryestoran “Chorsu” mehmonxonasi biznesining bir qismi bo’lib, shu orqali mehmonxonada servis xizmatini ko‘rsatuvchi personalni shakllantirib boriladi.
“Mehmonxona uchun, ayni paytdagi rejamizga ko‘ra, 350 nafar xodim kerak bo‘ladi. Bu yerda ishlayotganlar kelgusida uyoqqa ko‘chib o‘tadi, ularning o‘rnini esa yangilar bilan to‘ldiramiz. Va ular ham zarur ish tajribasiga ega bo‘lgach, mehmonxonada faoliyatini davom ettiradi”, — deydi tadbirkor.
Ta’kidlanishicha, restoranda 150 nafar xodim bo’lib, ulardan sakkiz nafar oshpaz Turkiyadan kelgan. Yana turk millatiga mansub 4 nafar vakil bor. Qolganlar esa shu yurtning fuqarolari.
“Divan” nomli restoran Travmotologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti yaqinidagi Sodiq Azimov va Mahtumquli ko’chalari kesishmasidagi avvalgi “Guzar” kafesi binosining ziyofat zalida joylashgan.