25 yanvar kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi press-xollida “Soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi va iqtisodiy samaradorlik imkoniyatlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Muhokama qilingan masalalardan biri yangi yilning dastlabki ikki haftasida va ba’zan bugungi kunda ham kuzatilayotgan yetakchi supermarketlardagi bo’sh tokchalar bo’ldi.
Moliya vazirligi G‘aznachilik boshlig‘i- vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov fikricha, import mahsulotlari ham [supermarket tokchalaridan] g’oyib bo’ldi.
“O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetga surib qo’yamiz — agar uning defitsiti QQS bilan bog’liq bo’lsa, import qilinadigan tovarlar bojxona chegarasidan o’tish davrida soliqqa tortiladiku. Agar tovar narxida QQS bo’lgan bo’lsa, uning narxi tushishi kerak edi. Misol uchun, men 1 $ ga kir yuvish kukunini import qilar edim. QQS to’lovi amalga oshirilgandan so’ng uning qiymati 1,20 $ ga ko’tariladi. Ustiga o’zimning qo’shimcha 20% narxni qo’yar, va bu miqdordan soliqning 5% ini to’lashim kerak edi. Agar ushbu mahsulotni chakana savdoga topshirsam, uning qiymati 1.40 $ bo’lishi kerak. Hisob-kitoblarni ko’rib chiqsangiz, shunday bo’lishi kerak”, — deydi vazir o’rinbosari.
Dilshod Sultonov so’zlariga ko’ra, biroq import qilingan mahsulotlar ham yo’qoldi. Buning sababi, import yo’qligi. Uning [tovar] hujjati yo’q, shuning uchun tovarlar sotuvga kiritilmayabdi.
Vazir o’rinbosari shuningdek, mahalliy yetkazib beruvchilar masalasiga to’xtalib, “bu yerda hech qanday muammo yo’q”, deb qayd etdi:
“Agar siz ustama narxni ko’rib chiqsangiz, qo’rqib ketasiz. Men sut, pishloq, tvorog ishlab chiqaruvchilari va reklama agentliklari bilan suhbatlashdim. Chet elliklar agar bu ustama narxlarni ko’rsalar, millionlab investitsiya kiritadilar. Savdolarda — 20%, ishlab chiqaruvchilar — 17%. Lekin insof sari baraka bo’lishi kerak”, — dedi Sultonov.
Uning ta’kidlashicha, bozor bu narxlarni ko’tarmoqda va sutni 7 500−8 mingga sotib oladigan odamlar ham bor. Biroq, sutning asl bahosi 2 700- 3000 so’mni tashkil qiladi.
“3 va 8 ming orasida katta farq bor. Men buni yahshi yoki yomon deb aytmayapman. Bu hamma uchun yaxshi bo’lsin. Men bu bilan biror tadbirkorni yomon demayman. Agar talab mavjud bo’lsa, ular sutni 8 000 so’mga ham 20 ming so’mga ham sotadilar. Agar talab yo’q bo’lsa, daromadni kamaytirish kerak”, — deya qayd etdi Sultonov.
Shuningdek, u bir nechta korxonalarda hisob-kitoblarni amalga oshirganini aytib o’tib, “to'g'ri foyda biroz kamayadi, lekin bu bozor iqtisodiyotiga kelmoqda”, deya ta’kidladi.
“5 000 so’mlik mahsulot o’z o’zidan 9 000 so’m bo’lib qolmaydi. Aytmoqchimanki, 3 000 lik sut 8 000 bo’lib qolmoqda, albatta, qadoqlash, pasterizatsiya bor. Biroq bu bilan narx 2,5 barobarga oshishi mumkin emas”, — dedi Moliya vaziri o’rinbosari.
Bularning barchasi, uning fikricha, tadbirkorlar bir yil ichida sotib olgan uskuna harajatini qoplashni xohlashida bo’lib, 100 ming $ ga teng, 10 yilgacha xizmat qiladigan uskuna harajatini bosqichma-bosqich chiqarish mumkin.
Bu savolga aniqlik kiritish uchun Spot korzinka.uz asoschisi Zafar Xoshimovga izoh berish yuzasidan murojaat qildi:
Zafar Hoshimov
korzinka.uz supermarketlari tarmog’i asoschisi
Import qilinadigan va mahalliy mahsulotlar uchun hisob-fakturalarni qilish talabi doimo bo’lgan, oldin va hozirda ham dolzarbdir.
Shuning uchun, yetkazib berishdagi uzilishlarni hisob-fakturalarni hozirda taqdim etish kerakligi, ilgari bunday talab bo’lmaganligi bilan izohlash noto’g’ri.
Chakana savdo qoidalariga ko’ra, har qanday tovarlar qabul qilinganda, ular import qilinadigan yoki mahalliy ishlab chiqarilgan bo’lishidan qat’i nazar, doimo tovarning batafsil tavsifi aks etgan sertifikat va hisob-fakturalar talab qilinar edi.
Bundan tashqari, import qilinadigan tovarlarga nisbatan har bir pozitsiyaga bojxona deklaratsiyasining nusxasi topshirilar edi. Mahsulotlarni yurg’izishni rasmiylashtirish va boshqarish buyicha O’zbekistonda chakana savdo eng tartibga solingan bo’lib qolmoqda.
Hisob-fakturadagi QQS miqdori ushbu qoidalarda muhim ahamiyat kasb etmaydi. Talablarda hech narsa o’zgarmadi.
Yil boshidan beri kuzatilgan yetkazib berishdagi uzilishlar bilan bog’liq masalani, yetakchi chakana savdo tarmoqlaridan birining rahbari sifatida ham mahalliy, ham import qilinadigan mahsulotlarning qisqa muddat davomida bo’lmaganini, tovar yetkazib beruvchilarimizning katta qismi ilgari YST to’lovini amalga oshirgan savdo va sanoat korxonalari bo’lganligida deb izohlashim mumkin. QQSga o’tish jarayonida har kim o’z harajatlarini qayta hisoblashi, yangi formatlarni joriy qilgan holda hujjatlarni qayta rasmiylashtirishi, buxgalteriya hisobi va hisobni yuritish tizimini qayta ishlashi, yangi QQS talablari bilan shartnomalarni yangilash va h.k.larni amalga oshirishi kerak bo’ldi.
Bu biroz vaqt talab etdi, lekin hozir mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, mahalliy va import qilinadigan tovarlarga qayta to’ldirildirilgan tokchalar so’zlarimning isbotidir.
Chakana savdo tarmog’i sifatida biz o’zimiz barcha assortimentlarning 3% dan ko’p bo’lmagan miqdorini import qilamiz. Bu tovarlarni yetkazib berishda uzilishlar bo’lmadi va ular tokchalardan g’oyib bo’lmadi.