Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi va “First Developing Group"ning bosh hamkori ko’magida shahar jamoat transporti bekatlari konsepsiyasini yaratish bo’yicha tanlov e’lon qildi.
Tanlov g’olibi 5 000 000 so’mga ega bo’ladi.
Bir necha turdagi bekatlar uchun yagona namuna va standartni joriy etish rejalashtirilgan:
- Transport va yo’lovchilar oqimi katta bo’lgan bekatlar (10 dan ortiq jamoat transporti marshrutlari).
- Shaharning tarixiy qismida joylashgan bekatlar.
- Ko’p qavatli binolar joylashgan turar joylar atrofidagi bekatlar.
- Yakka tartibdagi uylar joylashgan maydonlardagi bekatlar.
Tanlov talablari va shartlari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Arizalar 2019 yil 15 fevralgacha qabul qilinadi. Arizalarni ostanovka.transport@gmail.com elektron manziliga yuborish yoki ularni bevosita Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentiga (Toshkent, Islom Karimov ko`chasi, 51) taqdim etish kerak.