“O'zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi faoliyati tugatilmoqda. Bu haqda Prezidentning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida keltirilgan.

Uning o’rniga o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuziladi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining tashkiliy va ijroiya apparati 2016-yil tasdiqlangan.

Kompaniyasi tarkibiga meva-sabzavot konservalari, go‘sht-sut mahsulotlari, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, xo‘jalik sovuni hamda shakar, kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan birinchi darajali ehtiyoj mollari ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi.

Sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlari mahalliy xom ashyo hisobiga amalga oshiriladi.

2018 yil oktyabr oyida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan xolding kompaniya faoliyatini tugatish aks etgan loyiha muhokokama uchun taqdim etilgan edi.

Ta’kidlanishicha, soha juda ham tartibga solingan, ortiqcha aloqalar va keraksiz funksiyalar mavjud bo’lib, korxonalar bilan muntazam ish olib borilmaydi.

Natijada, investitsiyalarni jalb qilish, ilg’or texnologiyalarni joriy qilish va umuman tarmoqni rivojlantirish past darajada amalga oshirilmoqda.