2018 yilda banklardagi aholi omonatlari hajmi 21.2% ga oshib, 14 704 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Shundan, milliy valyutadagi omonatlar 38.2% ga o‘sib, ularning jami omonatlardagi ulushi 53% dan 61% gacha ko‘tarildi.
Shu bilan birga, xorijiy valyutadagi omonatlar qoldig‘i 2% ga oshgan bo‘lsada, ularning jami omonatlardagi ulushi 47% dan 39% gacha kamaydi:
Ilgari Spot 2019 yil yanvar oyida O’zbekiston banklaridagi eng daromadli omonatlar haqida ma’lumot bergan edi.