Axmet Demir tashqaridan 30 million dollar miqdorida investitsiya kiritmagan, deya Toshkent shahar hokimi so’zlariga asoslanib xabar beradi “O'zA”.
"Ahmet Demir O‘zbekistonga 30 million $ miqdorida investitsiya kiritish hisobiga poytaxtimiz markazidagi “Chorsu” mehmonxonasini mutlaqo tekinga olgan. Kyeyinchalik kredit olish uchun O‘zbekistondagi banklarga murojaat qilgan. Ya’ni, u tashqaridan O‘zbekistonga 30 million $ miqdorida investitsiya kiritmagan, — Milliy axborot agentligi Jahongir Ortiqxo’jayev so’zlarini keltirdi.
Turkiyalik tadbirkor mehmonxonaning rekonstruksiya qilish ishlari ko‘ngildagidek emasligi, qog‘ozbozlik muammosiga duch kelayotganini ta’kidlagan edi. Uning so’zlariga ko’ra, yirik inshootda namunali xizmat ko’rsatish uchun qo’shimcha yer kerak bo’lib, Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etilgan. Natijada, yana 3 gektar yer qo‘shib berilishini va’da qilingan. Ammo bugungi kunga qadar yer taqdim etilmagan.
“O'zA” muxbirining Ahmet Demir talab qilgan qo‘shimcha 3 gektar yer ajratilishi yoki ajratilmasligi haqidagi savoli esa ochiq qoldi.